Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi taqdimotda 7 ta viloyatda yer osti suvlari sathi 5 metrgacha pasayib ketgani ma’lum qilindi. Shuning uchun 2024 yil 1 yanvarga qadar yer osti suvlari inshootlarini hisoblagich bilan jihozlash majburiyati qo‘yildi.
Yer osti chuchuk suvlariga quduq burg‘ilash va suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berishga moratoriy qo‘llash taklif etilmoqda. Hozirda markaziy ichimlik suvlarining 67 foizi yer osti suvlari hisobidan ta’minlansa-da, ayrim hududlarda ularning sathi o‘rtacha me’yordan 5 metr va undan ortiqqa pasaygan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting